

2015 yilgi mavsumda ilk bor O'zbekiston Birinchiligi bahslarida ishtirok etgan "Yozyovon-Lochinlari" jamoasi raqiblarini tuman markazidagi stadionda qabul qiladi.
O'tgan yili ham mazkur stadionda bo'lgandik, sharoitlar bilan tanishgandik. Aytish kerak, yil avvalida o'yingohda e'tiborga molik ta'mirlash ishlari olib borilganiga guvoh bo'ldik. Xususan, echinish xonasiga yangi jihozlar o'rnatilibdi. Garchi echinish xonasida bo'lmasa-da, futbolchilarning yuvinishlari uchun ham sharoit yaratilibdi. Qolaversa, yangi tablo o'rnatilganiga ham ko'zimiz tushdi. Faqatgina maydon masalasida biroz etiroz bo'lishi mumkin, ammo avvalgi yil bilan solishtirilganda bu tomondan ham o'zgarishlar bor. Qolganini o'zingiz suratlar orqali xulosa qiling.








Furqatbek Nishonov



