Koutino yangi klubiga o'tishga yaqin

Alisher
6 yanv 2022, 11:30
"Aston Villa" "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning mavsum so'nggiga qadar ijarasi borasida muzokaralarni davom ettirmoqda

29 yoshli braziliyalik futbolchi Birmingem klubiga o'tishga yaqin, bitim yaqin kunlarda imzolanishi mumkin.

Koutino "Aston Villa" bosh murabbiyi Stiven Jerrard bilan yaxshi tanish. Ular birgalikda "Liverpul"da o'ynashgan.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Globo