Koutino “Arsenal”ga o'tishi mumkin

15 iyul 2020, 09:08
“To'pchilar” “Barselona” futbolchisi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Filippe Koutinoning xizmatlari “Arsenal”ga taklif qilindi. Hozircha London klubi bu taklif qanday javob bergani noma'lum bo'lib turibdi.

Ayni damda Koutino ijara asosida “Bavariya”da harakat qilmoqda. Uning transfer huquqi esa “Barselona”ga tegishli.

Avvalroq Koutinoning “Liverpul”ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo'lgandi. “Barselona” Lautaro Martines transferiga pul topish uchun bir qator futbolchilari orasida Koutinoni ham sotib yuborishni rejalashtirgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports