Kopa Amerika. Chili yarim finalda, xayr Kolumbiya

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2019, 08:08
Braziliyada davom etayotgan Kopa Amerika musobaqasining navbatdagi yarim finalchisi ma'lum bo'ldi.

Kolumbiya va Chili terma jamoalari San-Pauludagi "Arena Korintians" stadionida to'qnash kelishdi. Bahsning asosiy vaqtida hisob ochilgani yo'q va reglamentga binoan darhol penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Yani qo'shimcha 30 daqiqa o'ynalgani yo'q.

Futbol lotoreyasida esa omad Chili tomonida bo'ldi - 5:4. Kolumbiyalik Uilyam Tesillo so'nggi beshinchi zarbadan gol ura olmadi.

Chilining yarim finaldagi raqibi Urugvay - Peru uchrashuvidan so'ng ma'lum bo'ladi. Ikkinchi yarim finalda Braziliya va Argentina to'qnash kelishi aniq.


Kopa Amerika
Chorak final

Kolumbiya – Chili 0:0, penaltilar seriyasi - 4:5
29 iyun, 04.20, Arena Korintians

Kolumbiya –
Ospina, Medina, Sanches, Mina, Tesilo, Uribe (Kardona, 67), Kuadrado, Barrios, Xames, Martines (Dias, 81), Falkao (Sapata, 77).

Chili – Aryas, Bosejur, Isla, Maripan, Fuensalida (Paves, 75), Vidal, Vargas, Arangis, Sanches, Pulgar, Medel.

Ogohlantirishlar: Arangis (8), Medina (44), Vidal (59), Kuadrado (70), Xames (88).



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia