

Bu haqda neapolliklar bosh murabbiy Antonio Konte ma'lum qildi.
"Gap muhim futbolchi haqida ketmoqda, yozda klub prezidenti bilan suhbatlashib, bazi asosiy futbolchilarni saqlab qolish borasida kafolat olishga uringan edim. Kvaratsxeliya ketishni xohlagan bo'lsada, men buni ustida ishlab, o'zim istaganlarni saqlab qolgandim.
Xvicha yaqinda uni sotishni so'radi. Xafaman, bu huddi kutilmaganda jala quyib yuborgandk. Men uni mixlab qo'ygandek taassurot uyg'otmoqchi emasman.
Yozda uni loyiha sifatida saqlab qolishga umid qilgandim, ammo qishda hammasi o'zgardi. Biz muhim o'yinchidan mahrum bo'lyapmiz" - dedi Konte.
Ma'lumotlarga ko'ra, Xvicha Kvaratsxeliya tez orada PSJ futbolchisiga aylanadi.



