Konte o'yinga qanday taktika tanlashni muxlislardan so'radi

Eldor Akmurzayev
23 fev 2021, 20:10
A Seriya doirasida “Milan” ustidan qozonilgan yirik (3:0) g'alabadan keyin “Inter” ustozi Antonio Konte muxlislarga murojaat qildi.

U Instagram'dagi kuzatuvchilaridan keyingi o'yin uchun qanday taktikani tanlashni so'radi.

“Tiki-taka yoki odatiy o'yin uslubimi? Yoki ular orasidagi balansni saqlash yaxshiroqmi? Nima deb o'ylaysiz, menga fikringizni ayting”, deya post qoldirgan mutaxassis.

“Neradzurrilar” chempionat 23 turidan keyin 53 ochko to'plagan holda turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru