Konte: "Messi dunyoning eng kuchli futbolchisi"

Aslanov Jasurbek
20 fev 2018, 21:45
"Chelsi" ustozi Antonio Konte "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvidan avval matbuot-anjumanida ishtirok etdi va unga raqib hujumchisi Lionel Messini to'xtatish haqida savol berishdi.

"Messini to'xtatish? (Kuladi) Yaxshi savol. Biz dunyoning eng kuchli futbolchisi haqida gapiryapmiz. Leoning bir o'zi uchrashuv taqdirini hal qila oladi. Siz vaziyat yaratish uchun yo'l topa olmayotganingizda, u gol urish uchun imkoniyat paydo qiladi. U fantastik futbolchi" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net