Konte: “Gol o'tkazmaganimiz ko'proq quvontirdi”

24 noya 2019, 09:46
“Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasining A Seriyaning navbatdagi turida “Torino” (3:0) ustidan qozonilgan g'alabasiga izoh berdi.

“Meni ko'proq gol o'tkazmaganligimiz xursand etyapti. Himoyada yaxshi harakat qildik, bu judayam muhim. Chunki 90 daqiqa ichida ertami-kechmi gol urishimizni bilamiz. Himoyada ishonchli harakat qilsak, jamoa ham yaxshi formada bo'ladi.

Barellining jarohati? U bilan jiddiy holat sodir bo'lmagan deb umid qilaman. So'nggi to'rt oyda u o'zini har tomonlama ko'rsata oldi va biz uchun muhim futbolchiga aylandi. Tibbiy ko'rik natijalari juda yomon bo'lmasligiga umid qilamiz”, deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia