Konte: "Bunday o'yinlarni unutib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
10 fev 2020, 21:35
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte A Seriya doirasida "Milan" ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tanaffusda ko'p ham gapirgim kelmadi. Bunday paytlarda mas'uliyatni ko'pchilik o'z bo'yniga olishi kerak. Shunchaki, birinchi bo'limdan keyin 0:2 hisobidagi mag'lubiyat faqatgina meni emas, ko'pchilikni tashvishga solayotgandi.

Biz boshidan oxirigacha juda zich o'ynadik va o'yinni o'zgartira oldik. Bunday o'yinlarni unutib bo'lmaydi va kelajak uchun bir necha bora ishlatsa bo'ladi.

Ikkinchi bo'limda shunday o'ynab, "Milan"ga 4ta gol urish hammaga ham emas. Yigitlar tanaffusga qadar yomon o'ynaganligini o'zlari ham bilardilar. Shuni tushunish kerakki, barcha o'yinlarda bir xil o'ynashning iloji yo'q. Bazi paytlarda yuqori pressing qilishning imkoni bo'lmaydi.

Asosiysi: miya bilan o'ylab, yurakdan his qilib, keyinchalik oyoq bilan futbol o'ynash kerakligini tushundik", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport