Konferenciyalar ligasi pley-offida qatnashadigan barcha jamoalar nomi aniq

Aziz Tukhtamuradov
4 noya 2022, 08:26
Yevropa Konferenciyalar ligasi pley-off bosqichida qatnashadigan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi.

O'z guruhida birinchi o'rinni egallaganlar: Istanbul (Turkiya), Vest Xem (Angliya), Vilyarreal (Ispaniya), Nicca (Fransiya), AZ (Niderlandiya), Yurgorden (Shvetsiya), Sivasspor (Turkiya) va Slovan (Slovakiya). Ushbu jamoalar 1/8 finalda o'ynashadi. 

O'z guruhida ikkinchi o'rinni egallaganlar: Fiorentina (Italiya), Anderlext (Belgiya), Lex (Polsha), Partizan (Serbiya), Dnepr-1 (Ukraina), Gent (Belgiya), CHFR (Ruminiya) va Bazel (Shveytsariya). Bu jamoalar pley-off bosqichida ishtirok etishadi. 

Yevropa ligasidan tushib ketganlar: Bude-Glimt (Norvegiya), AEK Larnaka (Kipr), Ludogorec (Bolgariya), Braga (Portugaliya), Sherif (Moldova), Lacio (Italiya), Karabax (Ozarbayjon), Trabzonspor (Turkiya).  Bu jamoalar ham pley-off bosqichida ishtirok etishadi.

Konferenciyalar ligasi pley-off bosqichi qur'asi 7 noyabr kuni, 1/8 final qur'asi esa 24 fevral kuni o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia