Kloze 2015 yilda faoliyatini yakunlamoqchi

Tolibjon Qosimov
6 iyun 2014, 13:13
“Lacio” klubi hujumchisi Miroslav Klozening so'zlariga ko'ra, futbolchilik faoliyatini keyingi yil yakunlamoqchi.
Hozir futbolchi Germaniya terma jamoasi bilan birga mundialga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu turnirda Kloze to'purarlik bo'yicha braziliyalik Ronaldoning rekordini yangilashi mumkin.

“Ayni paytda men faoliyatimni 2015 yilda yakunlash haqida o'ylayapman. Ammo hammasi jismoniy holatimga va jarohatlarga bog'liq”, - deydi Kloze nemis OAVlari bilan suhbatda. Faoliyati yakunidan so'ng Kloze, murabbiylik licenziyasini olib, oilasi bilan Myunxenga qaytib ketmoqchi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com