Klopp Saloh haqidagi ma'lumotni tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
6 may 2019, 16:33
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinida ishtirok etmaydi.

Misrlik forvard "Nyukasl"ga qarshi bahsda raqib darvozaboni Martin Dubravka bilan to'qnashib kyetib jarohat olgan edi.

"Qizillar" ustozi Yurgen Klopp Saloh "Barselona"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvida ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

Oldinroq, "Liverpul"ning yana bir hujumchisi Roberto Firmino ham Kataloniya klubiga qarshi o'ynamasligi e'lon qilingan edi.

"Liverpul" hamda "Barselona" o'rtasidagi Chempionlar ligasi yarim final ilk uchrashuvi 3:0 hisobida kataloniyaliklar g'alabasi bilan yakunlangan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: liverpoolfc.com