Klopp "Nyukasl" muvaffaqiyati sirini ochdi

Sherzod Nurmatov
18 fev 2023, 11:37
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp 18 fevral kuni bo'lib o'tadigan "Nyukasl"ga qarshi o'yin oldidan fikr bildirdi.

"Edi Xau juda yaxshi ish qildi. "Nyukasl" ajoyib moliyaviy imkoniyatlarga ega – ularda bu bor, kelajakda ham bo'ladi, lekin hozircha muvaffaqiyat bularga bog'liq emas.

Eddi qiyin paytda jamoani qabul qilib oldi va ishonchli tarzda quyi ligaga tushib qolishdan qutuldi, ushbu mavsum esa uni tanib bo'lmayapti. Ular o'zlarida bo'lgan o'yinchilarni, o'zlari ega bo'lgan jamoani rivojlantirishdi. Murabbiy vaziyatni butkul o'zgartirdi va "Nyukasl"ni har qanday raqib uchun jiddiy raqibga aylantirgani ko'p narsani anglatib turibdi", – dedi Klopp.

"Nyukasl" APL jadvalida 4-o'rinda bormoqda. "Hakkalar" 2003 yildan beri Chempionlar Ligasida o'ynamagan.

"Nyukasl" – "Liverpul" bahsi bugun 22:30 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent