

"Hali juda ko'p ishlarni qilish kerak. Agarda bir kunda 28 soat bo'lganida, balki, unda ham band bo'lardim. Hozir asosiy e'tiborim mashg'ulotlarga qaratilgan va bor kuchimni shunga ishlatyapman. Shu sababli klubdagilar jamoa mashg'ulotlariga yordam berishi kerak bo'ladi.
Mavsumning ilk rasmiy o'yinida uch yarim hafta vaqt qoldi. Ungacha hali qilinadigan ishlar juda ko'p va e'tibor transferlar oynasiga qaratilgan. Harakatlarimiz aniq. Hali yana bir qancha futbolchilar kelishi kerak. Bizda yaxshi jamoa yig'iladi", - dedi Klopp.



