Klopp: "Agar Diego Kostaga qarshi o'ynaganimda, biz hech qachon do'st tutina olmasdik"

Aslanov Jasurbek
1 fev 2017, 13:45
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Chelsi"ga qarshi APLning 23-tur uchrashuvidan (1:1) so'ng, londonliklar hujumchisi Diego Kostaga bo'lgan munosabati haqida gapirib berdi.

"Agar Kostaga qarshi o'ynaganimda, biz hech qachon do'st tutina olmagan bo'lar edik, ammo bunday futbolchi jamoangda bo'lsa, bu faqat rohat. U jangchi. Kosta maydondagi eng yaxshi futbolchi emas, biroq bunda hech qanday muammo yo'q" - deydi Klopp.

Joriy mavsumda Diego Kosta APLning 21 uchrashuvida maydonga tushib, 15 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports