Kimmix “Bavariya” rekordchisiga aylandi

27 may 2020, 09:17
Yozua “Borussiya D”ga qarshi Bundesliga 28-turidan o'rin olgan bahsda yana bir ajoyib natija qayd etdi.

25 yoshli futbolchi “Borussiya D”ga qarshi bahsda 13,73 km masofani bosib o'tgan. Bu esa “Bavariya” futbolchilari o'rtasidagi rekord hisoblanadi. Ushbu statistika 2013/14 yilgi mavsum avvalidan yuritib kelinmoqda.

Ma'lumot uchun, Kimmix joriy mavsum Bundesligada 27 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Twitter/@OptaSports