Keyrush Eronga qarshi hushtakbozlik qilayotgan muxlislar haqida: "Ular uyda qolishsa yaxshi bo'lardi"

Sherzod Nurmatov
22 noya 2022, 12:46
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi muxlislarning JCH-2022 doirasida Angliyaga qarshi o'yinda (2:6) qilgan xatti-harakatlarini tanqid ostiga oldi.

Eronlik muxlislar o'yin davomida o'z jamoalariga nisbatan hushtakbozlik qilishdi.

"Hozirgi vaziyat (Erondagi noroziliklar – tahr.) haqida hamma biladi, bu bizning futbolchilarimizga fidoyilik va koncentraciya nuqtayi nazaridan yoqmaydi – bu muammolarning barchasi ularga ta’sir qiladi.

Ammo men ular bilan juda faxrlanaman, ular shunday sharoitda Angliya termasi bilan bahsda kurashni davom ettirib, ikkita gol urdilar. 2014 va 2018 yillarda bizni muxlislar to'liq qo'llab-quvvatlagandi.

Bugun nima bo'lganini ko'rdingiz. Nega ular [muxlislar] bu erga kelib, bizni olqishlamadi? Ular uyda qolishsa yaxshi bo'lardi. Ular bizga kerak emas", – dedi Karlush Keyrush.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Metro