

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsumda moliyaviy firibgarlik bilan bog'liq holat tufayli "Yuve"dan 15 ochko olib tashlandi.
"Yuventus" bilan ro'y berayotgan ishlar men uchun ayanchli va og'riqli. Bu klubni sevadigan har bir kishi uchun oson emas.
Endi muxlislar sabrli bo'lishlari kerak, chunki jamoa hamma uchun kurashmoqda. Umid qilamanki, hammasi ijobiy tarzda tugaydi", – dedi Kellini.



