Kellini mavsum so'ngida faoliyatini yakunlashi mumkin

Alisher
17 mar 2021
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini joriy mavsum so'ngida faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.

36 yoshli futbolchi tizzasidan olgan jarohati sabab o'tgan mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi va A Seriya doirasida faqatgina 9ta o'yinda maydonga tushdi.

"Yuventus" italiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishga shoshilmayapti. Bu esa o'ynichining faoliyatini yakunlash borasidagi qaroriga ta’sir ko'rsatishi mumkin.

Qayd etish kerakki, "keksa sinora" uning o'rniga boshqa himoyachi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti, klub 19 yoshli ruminiyalik Radu Draguzinani asosiy jamoaga o'tkazmoqchi. Bundan tashqari turinliklar ko'proq o'yin amaliyoti talab qilayotgan Merix Demiral borasidagi takliflarni eshitishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Kellini 2005 yildan beri "Yuventus"da o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it