Keyingi hafta Julio Sezar Napoliga o'tadi

Narzulla Saydullayev
14 iyul 2013, 14:32
Keyingi haftada KPR darvozaboni Julio Sezar klubni tark etadi, deb xabar bermoqda Football Italia.
Braziliya terma jamoasi darvozabonining yangi klubi Napoli bo'lishi kutilmoqda. Neapol klubi Sezarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga oladi. Futbolchiga shaxsan Rafael Benitez qiziqib qoldi.

Sezarga shuningdek Arsenal va Vilyarreal klublari ham qiziqishmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru