


"Manchester Siti" - "Nyukasl" 6:1
Qahramon: "Siti" hujumchisi Serxio Aguero 20 daqiqa ichida 5ta gol urib nafaqat bu o'yinning, balki kechagi kunning qahramoni bo'ldi.

"Chelsi" - "Sautgempton" 1:3
Qahramon: Graciano Pelle London klubi darvozasiga gol urdi va ikkita golli pas oshirdi.

"Gerta" - "Gamburg" 3:0
Qahramon: "Gerta" klubi hujumchisi Vedad Ibishevich dublga erishdi va jamoasining yirik g'alabasini taminladi.

"Zenit" - "Rostov" 3:0
Qahramon: Uchchala golga hammualliflik qilgan braziliyalik Xalk qahramon bo'ldi.

"Sevilya" - "Barselona" 2:1
Qahramon: Mikael Kron Deli "Barselona"ga qarshi o'yinda gol ham urdi, jamoadoshiga golli pas ham oshirdi.

"Malaga" - "Real Sosedad" 3:1
Qahramon: 6ta o'yinda gol ura olmagan "Malaga" 7-turda 3ta gol urdi. Qizig'i bu gollarning barchasi Sharles "Sosedad" darvozasiga kiritdi.

"Shaxtyor" - "Chernomorec" 2:0
Qahramon: Braziliyalik Aleks Teysheyra dublga erishib "Shaxtyor"ga g'alaba keltirdi. Takidlash lozimki, futbolchi 10ta turda 6ta dublga erishdi.
Narzulla Saydullaev tayyorladi



