

Bizning shahrimizga qilingan hujumdan xayratdamiz. Hozir barchamizning fikru hayolimiz Barselonadagi teraktda vafot etganlarning yaqinlari bilan, – deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Kecha Barselona shahri markazidagi La Rambla maydonida yuk mashinasi odamlar ustiga yurib ketgan. Policiya bu holatni terakt deb baholadi. 100 nafar inson jarohatlangani aytilmoqda, ulardan 15 nafarining ahvoli og'ir. 13 nafar inson hayotdan ko'z yumgan.




