
Visente del Boske shogirdlari Evro-2016 saralashi 5-tur o'yinlari doirasida Ukrainani 1:0 hisobida mag'lub etdi, uchrashuvdagi yagona golga Morata mualliflik qildi.
"Asosiysi - golli imknoiyatlar yaratish. O'yin hisobi katta bo'lmadi, ammo ko'proq gol urishimiz mumkin edi. Bunday hisob doimo xavfli, Kasilyas ham bir necha marta jamoamizni qutqarib qoldi. Morataga keladigan bo'lsak, u Ispaniya terma jamoasining kelajagi. U "Yuventus"da yaxshi o'yin ko'rsatyapti" - deydi Kasorla.