Kasilyas o'z faoliyatidagi 900-uchrashuvni o'tkazdi
Aslanov Jasurbek
27 okt 2015, 14:47
Ispaniya terma jamoasi va "Portu" darvozaboni Iker Kasilyas o'z faoliyatidagi 900-uchrashuvda maydonga tushdi.
34 yoshli futbolchining "Braga"ga qarshi o'tkazgan o'yini (0:0) posbon uchun yubiley uchrashuv bo'ldi. Shunday qilib, Kasilyas "Real" tarkibida 725ta, Ispaniya terma jamoasida 164ta va "Portu" safida 11ta uchrashuvda maydonga tushgan.