Karrager: "Saloh, Mane, Firmino yana bir yarim yil top-darajada o'ynay oladi"

Mirjalol Normatov
1 may 2020, 19:43
Futbol eksperti Jeymi Karrager "Liverpul" qaysi poziciyalarni kuchaytirishi kerakligi borasida gapirdi.

"Liverpul"ning hozirgi tarkibiga o'zgarishlar shart emas. Ammo jamoaga Origidan kuchliroq bo'lgan bir hujumchi zarar qilmasdi.

Hozirgi hujumkor uchlik 28-29 yoshga yaqinlashmoqda. Saloh, Mane va Firmino yana bir yarim yil davomida top-darajada o'ynay oladi. Klub bunga tayyor bo'lishi kerak.

Shuningdek, jamoaga bir chap qanot himoyachisi kerak. Chunki Milnerning yoshi o'tdi va u Robertson bilan raqobat qila olmasligi mumkin", - dedi Karrager.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Liverpool Echo