Karpin: "Shomurodov "Roma"da. Buning qiymati sovrindan ham yuqori"

Aziz Tukhtamuradov
13 avg 2021, 09:10
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Eldor Shomurodov haqidagi fikrlarini bildirdi.

"Shomurodovning "Roma"da ekanligi - men uchun sovrindan ham yuqori. U qo'ng'iroq qiladi va minnatdorchilik bildiradi. U shunday deb yozib yubordi: "Sizga katta rahmat. Men bilan bajargan ishlaringiz o'z samarasini berdi. Buni men endi tushundim, rahmat".

Men uchun buning qiymati boshqa narsalardan ham yuqori. Futbolchilar o'tkazgan vaqtlari uchun murabbiylar shtabidan minnatdorlar", - dedi Karpin. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Sports.ru