Karlo Anchelotti: Ozilga omad tilayman, ammo Realga u kerak emas

Narzulla Saydullayev
5 okt 2013, 09:14
Real ustozi Karlo Anchelotti yarim himoyachi Mesut Ozilni Arsenalga sotib yuborilganidan afsusda emas.
Men shu tarkibdan qoniqayapman. Men Mesutga omad tilayman, ammo u bizga kerak emas.

Bizda hujum bilan muammo yo'q, faqat balansni topib olish kerak edi. O'tgan o'yinda (Kopengagen bilan) bu amalga oshdi.

Beyl shu yerda qoladi va 15 kun mashg'ulot o'tkazadi. Uels terma jamoasi boshliqlari bilan bu borada gaplashamiz, ammo menimcha u shu yerda qoladi. Shunda Beyl terma jamoalar o'yinlaridan so'ng tayyor holatga keladi, – deydi Anchelotti.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru