Karlo Anchelotti: "Muhimi, biz chorak finalga chiqdik"
Tolibjon Qosimov
8 fev 2017, 19:01
"Bavariya"ning Germaniya kubogi 1/8 finali doirasida "Volfsburg" ustidan qozongan g'alaba (1:0)sidan keyin myunxenliklar ustozi muhimi o'yin natijasi emas, keyingi bosqichga chiqilgani ekanini aytib o'tdi.
"Men jamoaning 80 daqiqadagi o'yinidan qoniqdim, unda biz hammasini nazorat qildik. Faqatgina ikkinchi golni ura olmadik. Oxirgi 10 daqiqada esa bizda muammolar paydo bo'ldi, "Volfsburg" bu vaqtda ancha qo'shdi. Muhimi, biz chorak finalga chiqdik", - deydi Anchelotti.