Kapello: Rossiyaga qiziqarli raqiblar tushdi

Narzulla Saydullayev
6 dek 2013, 23:08
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kapello JCH-2014 final bosqichiga tashlangan qur'adan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Qur'a natijalarini normal deb hisoblayman. Qiziqarli raqiblar tushdi. Koreyaga qarshi yaqinda o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik, ularni yaxshi bilamiz.

Belgiya menimcha hozir Yevropaning eng kuchli termalaridan biri. Jazoir termasi u qadar mashxur emas, ammo bu jamoaga qarshi o'yinda o'zimizni sinab olamiz, – deydi Kapello.

Rossiya termasi Janubiy Koreya, Belgiya va Jazoir termalari bilan "H" guruhidan o'rin oldi. Rossiya JCH-2014ni 17 iyun kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'yin bilan boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru