Kante koronavirusga chalingani tufayli "Yuventus"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Sherzod Nurmatov
28 sen 2021, 20:19
Fransiyalik yarim himoyachi N'Golo Kantening koronavirusga topshirgan testi musbat natijani ko'rsatdi.

U shu tufayli Chempionlar ligasi doirasidagi "Yuventus"ga qarshi bahsda qatnashmaydi. 

30 yoshli xavbek bungacha bir nechta uchrashuvlarni jarohat tufayli o'tkazib yuborgan edi. 

Endilikda Kantening JCH-2022 saralashida Fransiya terma jamoasiga yordam berish-bermasligi ham so'roq ostida qoldi. 

Ma'lumot uchun, "Yuventus" – "Chelsi" uchrashuvi ertaga 23:59 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com