Kanselu bugun yangi klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Оқил Абдубарноев
30 yanv 2023, 20:28
"Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu "Bavariya"ga o'tishga yaqin turibdi.

Portugaliyalik futbolchi Myunxen klubida mavsum oxiriga qadar ijara asosida o'ynaydi. Bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Kanselu joriy mavsum Premer-ligada 17 ta o'yinda maydonga tushgan.

Avvalroq himoyachiga "Barselona" va "Milan" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/Plettigoal