“Vilyarreal” klubi rasmiy saytining xabariga ko'ra, jamoaning hujumdagi yarim himoyachisi Kani, klub bilan yangi shartnoma imzolagan.
Yangi shartnoma 2017 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Eslatib o'tamiz, 32-yoshli futbolchi “Vilyarreal”da 2006 yildan beri o'ynab keladi va shu davr mobaynida jamoa tarkibida 200 dan ortiq o'yin o'tkazgan.