Joze Mourinyo iste'foga chiqmaydi

Aziz Tukhtamuradov
4 okt 2015, 19:40
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo o'zi iste'foga chiqmoqchi emasligini aytib o'tdi.

"Men iste'fo bermayman. Nega? Chunki, "Chelsi" mendan yaxshi murabbiy topa olmaydi. Men bilan bir saviyadagi murabbiylar bor, lekin mendan yaxshisi yo'q. Ketishim uchun sabab yo'q. Men klubni juda sevaman. Agar men ketsam jamoa yaxshi bo'lib qolmaydi. Bunday paytda klubni tashlab keta olmayman.

O'tgan mavsumda chempion bo'lganimizda ham aytgandim: Agar klub rahbariyati meni haydab yubormasa shartnomani oxirigacha qolaman. Meni "Chelsi"dan ketishga esa hech qaysi klub ko'ndira olmaydi.

Hali kuchli to'rtlikka kirish imkoniyatimiz bor. Chempion bo'lish esa qiyin bo'ladi", - deydi portugaliyalik murabbiy.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: chelseanews.ru