Jorjino: "Bu bemanilik"

Mirjalol Normatov
30 dek 2021, 13:59
"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino APL rahbariyati 5 o'zgarishdan voz kechgani borasida gapirdi.

"Dam olishga vaqt bo'lmayotgani uchun bizga qiyin bo'lmoqda. Har uch kunda o'yin o'ynash kerak, ammo o'yinchi almashtirish uchtagina. APLda besh o'zgarish qilmaslik - bemanilik.

Fikrimcha, buni o'zgartirish kerak. Agarda barchasi shu taqlid davom etaversa, jarohatlanganlar ko'paygandan ko'payib boradi. Jarohatlar, jarohatlar, jarohatlar, jarohatlar... Bu tugamaydi.

Shundan keyin futbolning sifati tushadi. Bu esa futbolning ko'ngilocharoik darajasini kamaytiradi. Balki biz bunga jiddiy yondashishimiz kerakdir", - dedi Jorjino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal