Jerar Pike: "Real"ga o'tgandan ko'ra o'lganim afzal"

Aslanov Jasurbek
1 dek 2021, 20:35
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike "El Hormiguero" telekanali mehmoni bo'lib, bir qancha qiziqarli savollarga javob qaytardi. Ulardan biri futbolchining "Real Madrid"ga transferi to'g'risida bo'ldi.

- "Real"ga o'tish uchun sizga qanday taklif kerak?

- Hech narsa kerakmas. Bu mutlaqo bo'lishi mumkin emas. "Real"ga o'tgandan ko'ra o'lganim afzal, dedi Pike.

Eslatib o'tamiz, 2021/2022 yilgi mavsumda Jerar Pike "Barselona" tarkibida 16 ta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.

"Barselona" ayni damda Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida 7-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Hormiguero