"Jenoa" yana bir hujumchi xarid qildi

Alisher
3 okt 2020, 13:30
"Jenoa" hujum chizig'ini kuchaytirish bilan band.

"Sassuolo" futbolchisi Janluka Skamakka ijara asosida genuyaliklar safiga qo'shildi. Ijara bitimi 2020/21 yilgi mavsum so'ngiga qadar mo'ljallangan.

Janluka Skamakka 1 oktyabrda "Rostov"dan "Jenoa"ga o'tgan Eldor Shomurodovning jamoadoshiga aylandi.

Skamakka o'tgan mavsumni ijara asosida "Askoli"da o'tkazgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/GenoaCFC