Jeko "Yuventus"ga o'tmoqda

Mirjalol Normatov
17 sen 2020, 22:39
"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Yuventus" futbolchisiga aylanadi.

Italiyalik jurnalist Fabricio Romanoning bergan ma'lumotiga ko'ra, 34 yoshli futbolchining Turin klubiga o'tishi kelishib olingan. "Yuve" rimliklarga 16 mln evro to'laydi. Jeko esa Turinda yiliga 7,5 mln evro maosh ishlab oladi. Yaqin vaqtlar ichila u yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Undan tashqari "Roma" va "Napoli" hujumchi Arkadiush Milik borasida kelishib olgan. Futbolchi "Roma" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. U "Roma"da ijara asosida o'ynaydi va mavsum yakunlanganidan keyin klubning to'laqonli a'zosiga aylandi.

Rimliklar ijara uchun 3 mln evro, transfer uchun 15 mln evro to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal