Jeko “Chelsi”ga o'tmaydi, uning o'rniga Emerson Londonga kelyapti

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018, 00:59
Matbuotda Londonning “Chelsi” hamda Rimning “Roma” klublari o'rtasidagi Edin Jekoning transferi yuzasidan muzokaralarning to'xtab qolgani ma'lum qilindi.

Har ikki tomon Jekoning transferi yuzasidan bir to'xtamga kela olishmagan. Lekin “Roma”ning boshqa bir futbolchisi Emerson dos Santos “Chelsi” bilan kelishuvga erishdi va tez orada Londonga tibbiy ko'rikdan o'tish uchun uchib keladi. 

“Chelsi” rahbariyati braziliyalik futbolchi uchun 20 million evro to'laydi. Agar Emerson yangi klubida muvaffaqiyatli o'ynab ketsa, “Roma”ga yana qo'shimcha 8 million evro bonus puli ham beriladi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif