JCH-2030 bir yarim oy davom etishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
7 okt 2023, 08:14
JCH-2030 taqvimi bo'yicha FIFA rejalari ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, musobaqa 2030 yilning 8 iyunida boshlanadi. 8-9 iyun kunlari musobaqaning 100 yilligiga bag'ishlab, Urugvay, Argentina va Paragvay terma jamoalari ishtirokida o'yinlar o'tkaziladi.

13 yoki 14 iyunga ochilish marosimi rejalashtirilmoqda. 15-16 iyun kunlari esa Urugvay, Argentina va Paragvay terma jamoalari o'rin olgan guruhlarda qolgan uchrashuvlar o'tkaziladi. 

21 iyul kuni musobaqaning finali tashkil etiladi. 

Shu tariqa, musobaqa 44 kun davom etishi kutilmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Cope