JCH-2026 saralashi. Bugun kimlar ehtiyot bo'lib o'ynashi lozim?

Khoja
20 mar 2025
Bugun O'zbekiston MTJ Qirg'iz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Terma jamoamiz safida olti nafar futbolchida bittadan sariq kartochka bor. Agar ular bugungi bahsda sariq kartochka olishsa, Eronga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuborishlariga to'g'ri keladi.

Sariq kartochkasi bor futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Bobur Abdurxoliqov

Jaloliddin Masharipov

Sherzod Nasrullaev

Farrux Sayfiev

Odil Hamrobekov

Eldor Shomurodov


KhojaMuallif
Manba: championat.asia