JCH-2022. Argentinaning kengaytirilgan tarkibi ma'lum

Sherzod Nurmatov
7 noya 2022, 14:38
Argentina terma jamoasining JCH-2022 uchun kengaytirilgan tarkibi e'lon qilindi.

Argentinaliklar bosh murabbiyi Lionel Skaloni 32 nafar futbolchini ro'yxatga kiritdi. Yakuniy qaydnoma 14 noyabr kuni e'lon qilinadi. Unga 26 nafar futbolchi kiradi.

Darvozabonlar: Emiliano Martines ("Aston Villa"), Xeronimo Ruli ("Vilyarreal"), Xuan Musso ("Atalanta"), Franko Armani ("River Pleyt");

Himoyachilar: Nauel Molina ("Atletiko"), Gonsalo Montel ("Sevilya"), Kristian Romero ("Tottenxem"), Xerman Pesselya ("Betis"), Nikolas Otamendi ("Benfika"), Lisandro Martines ("Manchester Yunayted"), Markos Akunya ("Sevilya"), Nikolas Talyafiko ("Lion"), Xuan Foyt ("Vilyarreal"), Fakundo Medina ("Lans"), Neuen Peres ("Udineze").

Yarim himoyachilar: Rodrigo de Paul ("Atletiko"), Leandro Paredes ("Yuventus"), Jovani Lo Chelso ("Vilyarreal"), Papu Gomes ("Sevilya"), Aleksis Makallister ("Brayton"), Gido Rodriges ("Betis"), Enco Fernandes ("Benfika"), Eksekiel Palasios ("Bayer") va Nikolas Gonsales ("Fiorentina").

Hujumchilar: Lionel Messi (PSJ), Lautaro Martines ("Inter"), Anxel Di Mariya ("Yuventus"), Xulian Alvares ("Manchester Siti"), Xoakin Korrea ("Inter"), Paulo Dibala ("Roma"), Anxel Korrea ("Atletiko"), Tyago Almada ("Atlanta Yunayted").

Argentina 20 noyabr kuni Qatarda boshlanadigan JCH-2022da Saudiya Arabistoni, Meksika va Polsha bilan "C" guruhidan joy oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Nacion