JCH-2018 rasmiy to'pi taqdimoti sanasi ma'lum bo'ldi

24 okt 2017, 23:19
2018 yili Rossiya yashil maydonlarida o'tadigan Jahon chempionati bahslarida foydalanadigan to'plarning rasmiy taqdimot marosimi 9 noyabr kuni o'tkazilishi kutilmoqda.

Bu haqda “Rossiya-2018” tashkiliy qo'mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin TASS agentligiga ma'lum qildi.

“Ha, taqdimot marosimi 9 noyabr kuni o'tkazishi rejalashtirilgan”, deydi u.

Sorokin o'tgan hafta bergan intervyusida, to'p dizayni Adidas kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilishi haqida aytgandi. Rossiyada o'tgan Konfederatsiyalar kubogi musobaqasida “Krasava” nomli to'pdan foydalanilgandi.


O'xshash yangiliklar


Manba: ТАСС