JCH-2018 chempioni faoliyatini Portugaliyada davom ettiradi

5 sen 2020, 08:59
Adil Ramining keyingi jamoasi Portugaliyadan bo'ldi.

Fransiyalik 34 yoshli himoyachi Adil Rami faoliyatini “Boavishta” klubida davom ettiradi. Rami portugal klubi bilan shartnoma tuzgan. Biroq uning qancha muddatga ekanligi ochiqlanmadi. Ramining so'nggi jamoasi Rossiyaning “Sochi” klubi bo'lgandi. Futbolchi 2020 yil fevralida ushbu klub bilan bitim imzolagandi. Biroq u “Sochi” safida bitta ham rasmiy o'yinda qatnashmadi. Keyinroq “Sochi” xo'jayini Boris Rotenberg Ramini firibgarlikda ayblagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Abola