Jasur Yaxshiboev Chexiya klubiga ijaraga berildi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2021, 11:20
"Legiya" klubi yarim himoyachisi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Chexiyada davom ettiradi.

Polsha chempioni o'zbekistonlik futbolchini "Dinamo Cheske Budeyovice" klubiga ijaraga berishga qaror qildi.

Ayni paytda "Dinamo" Chexiya chempionatida 6ta o'yindan 7 ochko to'plab 16ta klub orasida 9-o'rinda bormoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia