Jaka yanvarda jamoani tark etishi mumkin

Mirjalol Normatov
20 dek 2019
"Arsenal"ning sobiq sardori jamoani tark etishi kutilmoqda.

"Sky Sport Germany" xabariga ko'ra, "Arsenal" tayanch yarim himoyachisi Granit Jaka qishki transferlar oynasi vaqtida "Gerta"ga o'tishi mumkin.

27 yoshli shveytsariyalik futbolchi 2016 yilda Menxengladbaxning "Borussiya"sidan 45 million evro evaziga transfer qilingandi. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 14 o'yinda 1 golga assistentlik qildi.

Uning "Arsenal" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Germany