

"Birinchi navbatda "Xorazm" jamoasini olqishlamoqchiman. Men natijadan qoniqish hosil qildim. Lekin o'yin bo'yicha bu yildagi eng kuchsizi edik. Qolaversa, ikkinchi bo'limda qizil kartochka ham o'yinga ta’sir qildi. Shunga qaramay "Xorazm" yuqori ishtiyoq, bosim bilan harakat qildi. Sifatli futbol ko'rsatishga harakat qilishdi. Lekin futbolda hamma narsa bo'ladi. Takrorlayman, natijadan ko'nglim to'ldi. Bundan tashqari Superligada to'g'ridan-to'g'ri qolish masalasini ham hal qildik. Oradagi terma jamoalar o'yinlari sabab yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib keyingi raqibga tayyorgarlikni davom ettiramiz. "Xorazm"ga omad tilayman va umid qilamanki keyingi yil Superligada o'ynaydi",- deydi Boshkovich.
- Jamoangiz yomon o'ynaganini aytdingiz. Bu sun'iy maydon bilan bog'liqmi?
- Maydon o'ynash uchun ideal edi. O'yin boshidan oxirigacha sifatli xizmat qildi. Balki ta’sir qilgandir. Ammo biz ishonchliroq, diqqatni jamlab o'ynashimiz kerak edi. O'yin tempini nazorat qilishni aytdik, yakunda gol urdik. Yigitlar tushunishdi, kerakli paytda diqqatni yig'ib olishdi.



