Italiya Superkubogi uchun bahs Osiyo mamlakatida o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
6 iyun 2018, 12:36
"Milan" hamda "Yuventus" o'rtasidagi Italiya Superkubogi chet mamlakatda bo'lib o'tadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ushbu bahsga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi. O'yin 2019 yil 13 yanvar kuni, mamlakatning ikkinchi yirik shahri Jiddada bo'lib o'tadi.

Arabistonliklar ushbu uchrashuv uchun 7 mln. evro to'laydi: Har bir jamoaga 3,15 mln. evrodan va Italiya futbol federatsiyasiga 700 ming evro.

Tomonlar shartnoma tuzish ishlarini deyarli yakunlashdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato