Ispaniya terma jamoasining bo'lajak o'yinlar uchun tarkibi ma'lum

Khoja
30 avg 2025, 09:43
Ispaniya terma jamoasining sentyabr oyidagi o'yinlariga chaqirilgan futbolchilari ma'lum.

Luisa de La Fuente bo'lajak yig'inga 13 ta klubdan jami 26 ta futbolchini chaqirdi.

Tarkib bilan tanishing:

Darvozabonlar: Unai Simon (Atletik), David Rayya (Arsenal), Aleks Remiro (Real Sosedad);

Himoyachilar: Pedro Porro (Tottenxem), Daniel Karvaxal (Real), Din Xyoysen (Real), Robin Le Norman (Atletiko), Pau Kubarsi (Barselona), Dani Vivian (Atletik), Mark Kukurelya (Chelsi), Aleks Grimaldo (Bayer);

Yarim himoyachilar: Martin Subimendi, Mikel Merino (ikkisi Arsenal), Rodri (Manchester Siti), Fabian Ruis (PSJ), Gavi, Pedri, Daniel Olmo, Fermin Lopes (barchasi Barselona);

Hujumchilar: Alvaro Morata, Xesus Rodriges (ikkisi Komo), Lamin Yamal, Ferran Torres (ikkisi Barselona), Niko Uilyams (Atletik), Yeremi Pino (Vilyarreal), Mikel Oyarsabal (Real Sosedad).

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com