Ispan OAV: "Real" - "Sporting" uchrashuvida hakam Ronalduni chetlatmay xato qildi

Aslanov Jasurbek
18 yanv 2016
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Sporting"ga qarshi Ispaniya chempionatining 20-turida qizil kartochka olishi kerak edi.

Marca va AS nashri yangiliklarida, o'yinni boshqargan hakam Alberto Undiano Malenko portugaliyalik hujumchini chetlatmay xato qildi deb yozilgan. Ronaldu 53 daqiqada oyog'i bilan raqib yarim himoyachisi Nacho Kasesga zarba berdi, ammo arbitr unga xatto sariq kartochka ham ko'rsatmadi.

"Real" - "Sporting" o'rtasidagi uchrashuv 5:1 hisobida yakunlandi, Ronaldu o'z nomiga 2 ta gol yozdirib qo'ydi.



Video. TAS-IX emas



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: MARCA AS