Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi V guruhidan joy olib, Xitoy, KXDR hamda Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalariga qarshi kurash olib boradigan bo'ldi. Mazkur qur'a haqida milliy terma jamoamiz himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev ham o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
- Qur'a natijalariga ko'ra, guruhimizdan Xitoy, KXDR va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rin egalladi. Bu raqiblarimizni xurmat qilgan xolda shuni aytishim mumkinki, O'zbekiston milliy terma jamoasi ulardan qandaydir miqdorda bo'lsa ham ustun deb hisoblayman. Lekin shunga qaramay guruhdan keyingi bosqichga chiqish oson bo'lmaydi.
- Maqsadimiz eng avvalo guruhdan chiqishdir. Shu bois keyingi bosqich haqida oldindan bir nima deyish qiyin. Dastlab o'z oldimizdagi birinchi vazifani bajarmog'imiz lozim.
- Guruhimizdagi raqiblar haqida hozircha tayinli gap aytishga ham qiynalaman. Chunki hammasi musobaqa davomida aniq bo'ladi. Bu narsa ko'pincha tayyorgarlikka bog'liq. Tahminimcha V guruhidan O'zbekiston milliy terma jamoasidan tashqari yana Xitoy terma jamoasi ham keyingi bosqichga chiqsa kerak.
- Shaxsan men uchun qaysi raqib bilan o'ynashning ahamiyati yo'q edi. Qur'aning ko'z ko'r deyishadi-ku. Shu bois V guruhini omadli yoki aksincha deb bo'lmaydi. Bizning vazifa maydonga chiqib, astoydil o'ynab oldimizga qo'yilgan vazifani uddalash.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.